Call-Center

998 78 1202323

Yangiliklar

Qanday qilib ARCA Group kompaniyasining PAX A930 onlayn-kassasi yong‘inga chidab, yangisiga bepul almashtirildi

Qanday qilib ARCA Group kompaniyasining PAX A930 onlayn-kassasi yong‘inga chidab, yangisiga bepul almashtirildi

06.01.2021

Toshkentlik tadbirkor Azizjon Boyxonov qanday qilib Arca Group’ning ilg‘or onlayn-kassasi yong‘inda qoldi, barcha moliyaviy ma’lumotlar esa xavfsiz holda onlayn-rejimda saqlanib qoldi.


Arca Group kompaniyasining PAX A930 onlayn-kassasi — bu biznes-jarayonlarni optimallashtirish va tadbirkorlik faoliyatini shaffof yuritish uchun zamonaviy uskunadir. 2019-yilda onlayn-kassalardan foydalanishga o‘tish munosabati bilan zamonaviy, qulay va huquqiy me’yorlarga muvofiq bo‘lgan apparatlarga ham talab osha boshladi. Ko‘plab tadbirkorlar o‘z savdo shoxobchalarida shu kabi qurilmalarni o‘rnatishmoqda.

Do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan, biroq o‘z biznesini xavfsizligini saqlab qolgan Azizjon Boyxonov PAX A930 ishonchliligi va Arca Group kompaniyasining xizmatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

12 filialning har birida onlayn-kassa

Tadbirkor Azizjon Boyxonov egalik qiluvchi Bayhanov Omad Servis’ning barcha o‘n ikkita do‘konlariga Arca Group kompaniyasining PAX A930 onlayn-kassalari o‘rnatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2019-yilda Prezidentning 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha tadbirkorlar onlayn nazorat kassa mashinalariga o‘tishi kerakligi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq ushbu qurilmalardan foydalanishga qaror qildi.

Arca Group kompaniyasi tasodifan tanlanmadi — apparatning juda soddaligi, interfeysning qulayligi, funksionalligi, qolaversa, maslahat va yordam ko‘rsatishi, shuningdek, kassirlarni o‘qitishi ma’qul keldi.

Azizjon Boyxonov aytishicha, filiallarda onlayn kassalar paydo bo‘lishi bilan kassirlar ishi osonlashdi, hisobotlarni yuritish esa yanada shaffoflashdi: tovarlarning barcha turlari ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, o‘tkazilgan to‘lov haqidagi ma’lumot esa darhol tizimga yuboriladi, to‘lov nafaqat naqd pul balki bank kartasi orqali ham qulay tarzda qabul qilinadi.

“Stolda faqat onlayn kassa omon qoldi”: qanday qilib yong‘in kassa apparatini sinovdan o‘tkazgani haqida

Dekabr oyida Bayhanov Omad Servis do‘konlaridan birida o‘t ketib, yong‘ir sodir bo‘ldi: yarim tunda derazadan benzin solingan shishani otib ketishdi. Yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi, biroq voqea joyiga biznes egasi Azizjonning o‘zi tashrif buyurganida, do‘kon ichidagi holat achinarli edi: kuygan devorlar, gilamlar, suv bilan to‘lgan tovarlar va onlayn-kassa turgan stol.

Biroq olov ichida qolgan PAX A930 onlayn kassasi yong‘inga ham, o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirish uchun foydalangan suvga ham chiday oldi. Uskunaning usti plastik qismi sezilarli darajada zarar ko‘rgan bo‘lsa ham, ichki qismi butun qolib, kassa xuddi avvalgidek ishlay boshladi.

“Benzinli shisha uloqtirilgan deraza yonidagi stolda kalkulyator, termometr va onlayn kassa bor edi. Kassadan tashqari, barchasi yonib ketgan edi. Ishlab chiqaruvchi qayd etganidek, qurilma chindan ham yong‘inga chidamli va ishonchli ekan. Ammo eng muhimi, biz to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘qotmadik: ular to‘lov o‘tkazilishi bilanoq serverda saqlanib qolinadi”, — deya tadbirkor o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Arca Group’dan onlayn-kassalarni bepul almashtirish

Kompaniya ham bir chetda turmadi va doimiy mijoz uchun yordam berishga qaror qildi: Arca Group yong‘inni boshidan kechirgan uskunani esdalik uchun olib ketdi va uning o‘rniga tadbirkorga yangisini DSQdan ro‘yxatdan o‘tkazgan holda mutlaqo bepul taqdim etdi. Yangi uskuna Bayhanov Omad Servis do‘konlari tarmog‘ining boshqa qurilmalariga muvaffaqiyatli ulandi.

Tadbirkor so‘zlariga ko‘ra, u har qanday holatda ham ilg‘or texnik yangiliklar, kassa apparati hamda bank terminalining mujassamligi, yorqin ekran va universal TINDA platformasi tufayli faqat Arca Group’ning qurilmalaridan foydalanishda davom etar edi. Yong‘indan so‘ng ishlab chiqaruvchining tezkor ko‘magi, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan xizmat va ARCA Group vakillari bilan iliq munosabat sababli bu istak yanada mustahkamlandi.

“ARCA Group kompaniyasiga nafaqat bunday qiyin vaziyatda hayroxoh bo‘lishgani va tezkor yordam uchun, balki samarali mahsulot uchun ham o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bizning barcha moliyaviy ma’lumotlarimiz onlayn-rejimda saqlanib qoldi, shu sababli biz tezda biznesni qayta tiklab, savdoni davom ettira boshladik”, — deya tadbirkor o‘z so‘zini yakunladi.

PAX A930 onlayn-kassalarini barcha viloyatlarda joylashgan texnik xizmat ko‘rsatish markazlarida xarid qilishingiz mumkin. Xarid amalga oshirilgandan so‘ng, Arca Group mutaxassislari onlayn kassalardan foydalanish bo‘yicha bepul o‘qitish, onlayn-NKMni o‘rnatish va ishga tushirishda yordam ko‘rsatishadi, TINDA kassa dasturiy ta’minotining oylik kuzatuvini ta’minlab berishadi va zarur bo‘lgan vaziyatlarda ehtiyot qismlarni ta’mirlab yoki almashtirib berishadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali olish mumkin.

Call-markaz: (+998) 78−120−23−23

Sayt: arca.uz

Facebook: fb.com/arcagroup.uz

Telegram: t.me/arca_uz

Instagram: @arca.uz

 

OAVda maqola:

Daryo

Repost

Spot